empty
 
 
InstaForex vebinariga qanday ro‘yxatdan o‘tish mumkin?

Vebinarga ro‘yxatdan o‘tish uchun bir nechta oddiy qadamlarni bajarish kerak:

  1. Jadval sahifasidan o‘zingizga yoqqan vebinarni tanlang;
  2. «Ro‘yxatdan o‘tish» tugmasini bosing;
  3. Ishtirok etish formasini to‘ldiring. Bunda hisob raqami va ushbu hisob ro‘yxatdan o‘tkazilgan e-mail manzilini kiritish talab etiladi. Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng e-mail manzilingizga tasdiqlovchi xat yuboriladi.

E’tibor bering, har qanday vebinarga faqatgina InstaForex-da real hisob mavjud bo‘lsa ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

Vebinarga ro‘yxatdan o‘tish qachon yopiladi?

Vebinarga ro‘yxatdan o‘tish 100 nafar ishtirokchidan iborat maksimal limit to‘lganda yopiladi. Jadval sahifasida tanlangan vebinar qatorida har doim bo‘sh va band o‘rinlar sonini ko‘rishingiz mumkin.

Mashg‘ulotlar jadvalini qayerdan ko‘rish mumkin?

Buning bir nechta usullari mavjud:

  1. Mashg‘ulotlar jadvali bilan «Jadval» sahifasida tanishish mumkin;
  2. Agar sizda InstaForex-da hisob ochilgan bo‘lsa, oyiga ikki marta e-mailingizga keyingi oy uchun vebinarlar jadvali yuboriladi.
Vebinarni ko‘rish uchun kompyuterga qanday talablar qo‘yiladi?

Vebinarni kompyuter yoki noutbuk orqali ko‘rish uchun internetga ulanish va quyidagi brauzerlardan biri talab etiladi:

  • Internet Explorer 6.0 yoki undan yuqori versiya;
  • Firefox 2.0 yoki undan yuqori versiya;
  • Google Chrome 1.0 yoki undan yuqori versiya

Vebinarni qulay tomosha qilish uchun kamida 1 GB operativ xotira mavjud bo‘lishi maqsadga muvofiq.

Internet tezligi qanday bo‘lishi kerak?

Qanchalik yuqori bo‘lsa, shunchalik yaxshi. Biroq internet ulanishining minimal tezligi kamida 256 Kbit/s bo‘lishi kerak.

Kompyuterda qanday qo‘shimcha jihozlar bo‘lishi kerak?

Naushnik, garnitura yoki kalonkalar kerak bo‘ladi. Ular kompyuteringizga ulangan va ishlayotganiga ishonch hosil qiling.

Vebinarni mobil qurilma orqali ko‘rish mumkinmi?

Ha, mumkin. Buning uchun mobil qurilmangizga quyidagi ilovalardan birini o‘rnatish kerak:

Mobil ilova orqali konferensiyaga kirish konferensiya kodi yoki xatdagi havola orqali amalga oshiriladi.

Vebinarda ishtirok etish uchun to‘lov qilish kerakmi?

Yo‘q, InstaForex tomonidan o‘tkaziladigan barcha vebinarlar bepul.

Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.
Qo'ng'iroq uchun qaytish